MALAKA OSHIRISH DASTURI
BASIC
Bazaviy malaka oshirish kursi
Buxgalteriya hisobi va soliq amaliyoti bo'yicha bilim va ko'nikmalarni chuqurlashtirish kursi.
MAQSAD
Kursning maqsadi
Amaliyotchi buxgalterlarni bosh buxgalter darajasiga olib chiqish.
AMALIY YO'NALTIRILGANLIK
Nazariya emas — amaliyot
Kursning har bir mavzusi amaliy mashg'ulot va real hayotiy vaziyatlarga asoslangan topshiriqlar (AI) bilan mustahkamlanadi.
- 7 video dars — 1C dasturida amaliy operatsiyalar
- 16 amaliy ish — real keys va masalalar asosida
- 5 oraliq nazorat — bosqichma-bosqich bilim tekshiruvi
AMALIY ISH NAMUNASI
Topshiriqlar qanday ko'rinishda
- Ta'sischilar bilan hisoblashishlar, dividend
- Ish haqi, mehnat ta'tili va kasallik varaqasi
- Asosiy vositalar bo'yicha operatsiyalar
- TMZ kirimi va hisobdan chiqarilishi
- QQS hisobi va hisobotini shakllantirish
- Kredit, lizing va zayom operatsiyalari
DASTUR TARKIBI
Yo'nalishlar va mavzular
Har bir yo'nalishga bosib, mavzular va murabbiylarni ko'ring.
01 Tadbirkorlik va soliq huquqining asoslari
Tadbirkorlikning tashkiliy-huquqiy asoslari va soliq qonunchiligiga kirish
Tashkiliy-huquqiy shakllar, soliq rezidenti, norezident, soliq agenti, tadbirkorlikka doir soliqlar va rejimlar.
Niyazmetov IslambekHisob siyosati, ustav kapitali va ta'sischilar bilan hisoblashishlar
Hisob siyosatini shakllantirish, ustav kapitali o'zgarishida hisob-kitoblar, dividendlar hisobi, sof aktivlarni aniqlash.
Matyakubov TohirMehnatga haq to'lash bilan bog'liq soliqlar
To'lov manbaida ushlab qolinadigan daromad solig'i, ijtimoiy soliq.
Niyazmetov Islambek 02 Ish haqi, QQS va aktivlar hisobi
Ish haqini hisoblash va ushlanmalar hisobi
Ish haqi va unga doir soliqlarni xarajatlarda aks ettirish (mehnat.uz bilan taqqoslash), mehnat ta'tillari va vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqalarini hisoblash, ish haqidan ushlanmalar hisobi.
Matyakubov TohirQQS ob'yekti va bazasini aniqlashning umumiy qoidalari
QQS ob'yektini aniqlashning umumiy qoidalari, soliq bazasini aniqlash, bazaga tuzatish kiritish, realizatsiya qilish sanasi.
Raximov FarruxQQS — imtiyozlar va hisobga olinadigan summani aniqlash
QQS nol darajali stavkasi va imtiyozlarni qo'llash, hisobga olinadigan QQS umumiy jihatlari, mutanosib usulni qo'llash.
Raximov FarruxAsosiy vositalar hisobi
Amortizatsiya ajratmalari hisobi, qayta baholash tartibi va usullari, ta'mirlash va modernizatsiya hisobi, tugallanmagan qurilish xarajatlari.
Matyakubov TohirTMZ hisobi
Kirim qilishdagi ustama xarajatlar (import BYuD, e-kontrakt), yo'qotishlar (kamomad, yaroqsiz) hisobi, hisobdan chiqarish (FIFO, AVECO).
Matyakubov TohirIshlab chiqarish xarajatlari va mahsulot tannarxini hisoblash
Murakkab ishlab chiqarishlar hisobi (bosqichli, jarayonli), tannarxga tuzatishlar, ustama xarajatlarni taqsimlash usullari, kelgusi davr xarajatlari.
Matyakubov Tohir 03 Pul mablag'lari, valyuta operatsiyalari va hisob-kitoblar
Valyuta operatsiyalarini hisobga olish
Valyuta kurs farqlari hisobi va tahlili, kurs farqlarining moliyaviy va soliq hisobotlarida aks etishi.
Matyakubov TohirXaridor va mol yetkazib beruvchilar bilan hisoblashishlar
Tovarlar qaytarilishi hisobi, chegirmalar hisobi, xo'jalik shartnomalari bo'yicha penya va jarimalar hisobi.
Matyakubov TohirHisobdor shaxslar bilan hisoblashishlar hisobi
Xizmat safarlari va bo'naklar bo'yicha berilgan mablag'larga tuzatish kiritish va tahlil, me'yordan ortiqcha xarajatlar va ularning soliq oqibatlari.
Matyakubov TohirKredit, lizing va zaymlar bilan hisoblashishlar
Zaym, lizing (olinishi, berilishi, qaytarilishi) bo'yicha operatsiyalar hisobi, hisoblangan foizlar va ularning soliqqa tortilishi.
Matyakubov Tohir 04 Tadbirkorlik faoliyatidagi boshqa soliqlar
Yer solig'i, mol-mulk solig'i va SRFS
Mol-mulk solig'i bazasini aniqlash, hisoblash va to'lash tartibi, yer solig'i, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq.
Niyazmetov IslambekAylanmadan olinadigan soliq
AOS rejimiga o'tish shart-sharoitlari, qo'llashning ayrim jihatlari, ob'yekti, bazasi va stavkalari.
Niyazmetov IslambekFoyda solig'i — daromadlar
Jami daromad moddalari, soliq solishda hisobga olinmaydigan daromadlar.
Babajonov DavronbekFoyda solig'i — xarajatlar
Amortizatsiya xarajatlari, foizlar va ayrim chiqimlar, boshqa chegiriladigan va chegirib tashlanmaydigan xarajatlar.
Babajonov DavronbekFoyda solig'i bazasiga tuzatish, hisoblash va to'lash tartibi
Daromad va xarajatlarga tuzatish kiritish, zararlarni kelgusiga o'tkazish, stavkalar, hisoblab chiqarish va to'lash tartibi.
Babajonov Davronbek 05 Soliq tekshiruvlari, javobgarlik va huquqiy himoya
Tovarlarni majburiy markirovkalash tartibi
Ayrim tovarlarni majburiy raqamli markirovkalash tizimi, amalga oshirish talablari, EHFda aks ettirilishini kuzatish.
Xodjabekov NodirbekKameral soliq tekshiruvi
Tekshiruvdan oldingi tahlil, aniqlashtirilgan soliq hisoboti, tafovutlar asosnomasi, tekshiruvga sabab bo'luvchi holatlar va o'tkazish tartibi.
Xodjabekov NodirbekSayyor soliq tekshiruvi
O'tkazish shart-sharoitlari, sayyor tekshiruvdagi nazorat tadbirlari.
Xodjabekov NodirbekSoliq auditi
O'tkazishga sabablar va shart-sharoitlar, soliq to'lovchi va uchinchi shaxslardan hujjat/axborot talab qilish, tomonlarning huquq va majburiyatlari.
Muxamedjanov MurodSoliqqa oid huquqbuzarliklar va javobgarlik
Huquqbuzarlik turlari, javobgarlikka tortish shartlari, yengillashtiruvchi va og'irlashtiruvchi holatlar, javobgarlik choralari.
Muxamedjanov MurodSoliq majburiyati va uni ta'minlash usullari
Da'vo qilish muddatlari, ortiqcha to'langan soliqni hisobga olish va qaytarish, to'lash muddatlarini o'zgartirish, ta'minlash usullari.
Niyazmetov IslambekSoliq organlari hujjatlari va harakatlari ustidan shikoyat
Shikoyat berish huquqi va tartibi, tekshiruv natijalari bo'yicha qarorlar ustidan shikoyat, yuqori organ va sudlarda ko'rib chiqilishi.
Muxamedjanov MurodBAHOLASH TIZIMI
100 ballik baholash
Yakuniy imtihon 3 qismdan iborat: buxgalteriya provodkalari va oborotka, 1C dasturi bo'yicha hisobot, soliqlar bo'yicha masalalar.
MURABBIYLAR
O'qituvchilar jamoasi
NARXLAR
BASIC — 3 oylik kurs
To'liq to'lov shartlari va chegirma tafsilotlari bo'yicha menejer bilan bog'lanish tavsiya etiladi.
Bugun boshlang, ertaga farqni his qiling
- 6 nafar amaliyotchi murabbiy va real ish tajribasi
- 85 soatlik dastur — 22.5 soati sof amaliyot
- 1C dasturida to'liq amaliy ko'nikma bo'yicha video darslar
- Offlayn va onlayn, bir martalik yoki oyma-oy to'lov
Guruhda joylar soni cheklangan — joyingizni oldindan band qilib qo'ying.
MALAKA OSHIRISH KURSI
ADVANCED
Soliq amaliyoti bo'yicha chuqurlashtirilgan dastur
Soliq amaliyotining murakkab muammolari va nostandart vaziyatlarini hal qilishda professional yondashuv ko'nikmalarini shakllantirish.
MAQSAD
Nega ADVANCED?
Real keyslarga asoslangan va tajribali soliq ekspertlari tomonidan o'tiladigan malaka oshirish kursi.
01
Professional yondashuv
Soliq qonunchiligining maxsus normalari va spetsifik jihatlarini o'zlashtirib, murakkab va nostandart soliq vaziyatlaridan chiqish ko'nikmalarini shakllantirish.
02
TIF va xalqaro soliqqa tortish
Soliq solishga oid xalqaro shartnomalarning qo'llanilishi, TIFni soliqqa tortish va transfert narx shakllanuvida soliq nazorati bo'yicha chuqur bilim.
03
Chuqurlashtirilgan soliqqa tortish
QQS, foyda solig'i, aksiz solig'i, mulk solig'i va resurs soliqlarini hisoblashning mukammal tartib-taomili.
04
Tekshiruvlarga professional tayyorgarlik
Soliq nazorati, tekshiruvlar va ularning huquqiy oqibatlarini chuqur o'rgangan holda professional tayyorgarlik ko'rish.
05
Soliqlarni optimallashtirish
Korxonada soliqlarni rejalashtirish va korporativ soliq siyosatini to'g'ri yo'lga qo'yish orqali biznesda soliqlarni optimallashtirish.
DASTUR TUZILISHI
Kurs qanday tashkil etilgan
DASTUR TARKIBI
Yo'nalishlar va mavzular
Har bir yo'nalishga bosib, mavzular va murabbiylarni ko'ring.
01 Maxsus soliq normalari
Korxonada soliqlarni rejalashtirish va korporativ soliq siyosati
Korxonada soliqlarni rejalashtirish, korporativ soliq siyosati.
Muxamedjanov MurodBitimlarning iqtisodiy mazmuni va lozim darajada ehtiyotkorlik
Bitimlarning iqtisodiy mazmuni, yuridik jihatdan rasmiylashtirish, lozim darajada ehtiyotkorlik.
Xodjabekov NodirbekSoliq to'lovchilarning huquqlari: professional yondashuv
Soliq munosabatlari sub'yektlari va hujjatlar almashish tartibi, huquqlarni professional qo'llash, majburiyatlar.
Muxamedjanov Murod 02 Xalqaro soliq huquqi
Xalqaro soliq huquqiga kirish
Xalqaro soliq huquqi asoslari, soliq munosabatlarida rezidentlikni belgilash tartibi, chet el yuridik shaxsi haqiqatda boshqariladigan joy.
Yuldashev AlisherSoliq solishga oid xalqaro shartnomalarining qo'llanilishi
Amaliyotda qo'llanilishi (keyslar asosida), rezidentlik sertifikati, TIFda boshqa daromadlarni soliqqa tortish.
Yuldashev AlisherDoimiy muassasa
Doimiy muassasa tushunchasi va shakllari, uni soliqqa tortish va o'ziga xos xususiyatlari.
Yuldashev AlisherXalqaro soliqqa tortishdagi spetsifik jihatlar — I
Royalti kvalifikatsiyasi, benefitsiar huquq va xolding kompaniyalar, foizlar va dividendlar, ikki yoqlama soliqqa tortishni oldini olish, xalqaro tashishni soliqqa tortish.
Yuldashev AlisherXalqaro soliqqa tortishdagi spetsifik jihatlar — II
Aktivlarni sotish, transfert narxlar, TIFda soliq rejalashtiruvi.
Yuldashev Alisher 03 Chuqurlashtirilgan soliqqa tortish
QQS ob'yekti va bazasini aniqlashning spetsifik jihatlari
QQS ob'yektini aniqlash, soliq bazasini aniqlashning spetsifik jihatlari.
Raximov FarruxXizmatlar realizatsiya qilish joyini aniqlash
Umumiy qoida, alohida holatlar.
Raximov FarruxQQS bazasiga tuzatish kiritish
QQS bazasiga tuzatish kiritish tartibi.
Raximov FarruxHisobga olinadigan va olinmaydigan QQS summalari
Hisobga olinmaydigan summa, hisobga olinadigan QQS va unga tuzatish, alohida-alohida usulni qo'llash.
Raximov FarruxQQSni soliq agenti sifatida to'lash
Soliq agenti sifatida to'lash holatlari, hisoblash va to'lash tartibi, alohida hollar (SK, 38-bob).
Raximov FarruxAksiz solig'i
Ob'yekti va bazasi, stavkalari va qo'llash tartibi, hisoblab chiqish va hisobotlarni to'ldirish.
Babajonov DavronYer qa'ridan foydalanganlik uchun soliq
Ob'yekti va bazasi, stavkalari, hisoblab chiqish va hisobotlarni to'ldirish.
Niyazmetov IslambekFoyda solig'i: jami daromadni aniqlash
Daromad moddalari va hisobga olinmaydigan daromadlar, aktivlar chiqib ketishidan daromadlar, boshqa daromadlar.
Babajonov DavronFoyda solig'i: chegiriladigan xarajatlar
Amortizatsiya va investitsiyaviy chegirma, foizlar va ayrim chiqimlar, boshqa chegiriladigan xarajatlar.
Babajonov DavronFoyda solig'i: chegirilmaydigan xarajatlar
Chegirilmaydigan xarajatlar tafsiloti.
Babajonov DavronFoyda solig'i bazasiga tuzatish kiritish
Daromad va xarajatlarga tuzatish, zararlarni kelgusiga o'tkazish, alohida turlar bo'yicha zararlar.
Babajonov DavronFoyda solig'ini hisoblab chiqarish va soliq hisoboti
Hisoblab chiqarish, zararlarni o'tkazish, hisobot va tegishli ilovalar bilan ishlash.
Babajonov Davron 04 Tekshiruvlar
Onlayn NKT va market-pleyslar orqali chek muammolari
Onlayn NKT va market-pleyslar orqali shakllantiriladigan chek muammolari.
Azimboyev OybekSoliq tekshiruvlariga professional tayyorgarlik ko'rish
Professional tayyorgarlik ko'rish jarayoni.
Muxamedjanov MurodSoliq tekshiruvlari: Muammoli va ziddiyatli holatlar hamda alohida jihatlar
Soliq tekshiruvlaridagi muammoli va ziddiyatli holatlar.
Muxamedjanov MurodHuquqbuzarliklar uchun ma'muriy va jinoiy javobgarlik
Tekshiruvlarda aniqlangan huquqbuzarliklar uchun javobgarlikning ma'muriy va jinoiy oqibatlari.
Muxamedjanov Murod 05 Soliq optimizatsiyasi
Soliq to'lovchining haqligi prezumptsiyasi
Printsipni amalda qo'llash.
Muxamedjanov MurodBiznesga soliqlarni optimallashtirish
Biznesga soliqlarni optimallashtirish yondashuvlari.
Muxamedjanov MurodBAHOLASH TIZIMI
100 ballik baholash
Maqsad — tinglovchilarning kursdan olayotgan bilimlarini qanchalik o'zlashtirib borayotganini o'z vaqtida aniqlash va adolatli toifalangan sertifikat berish.
MURABBIYLAR
O'qituvchilar jamoasi
NARXLAR
ADVANCED — 2 oylik kurs
To'liq to'lov shartlari va chegirma tafsilotlari bo'yicha menejer bilan bog'lanish tavsiya etiladi.
Karyerangizni yangi bosqichga olib chiqing
ADVANCED kursi orqali soliq amaliyotidagi eng murakkab vaziyatlarni professional darajada hal qilishni o'rganing.
- 74 soatlik chuqur dastur
- 8 nafar amaliyotchi ustoz
- Xalqaro va milliy amaliyot
- Real keys va amaliy topshiriqlar
- Shaffof 100 ballik baholash
Guruhda joylar soni cheklangan — joyingizni oldindan band qilib qo'ying.
